Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, 2019–2024-yillarning yanvar-mart oylarida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalar sanoat sohasida jami 28,3 mingtani tashkil etgan.
Bu esa oxirgi 5 yilning yanvar-mart oylari davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 19,2 % i shu sohada tashkil etilayotganligini bildiradi.