03/07/2024

Joriy yilning 2-iyul kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tizim xodimlari ishtirokida Davlat ramzlaridan biri bo‘lmish Davlat gerbi qabul qilingan kunga bag’ishlangan yi‘g‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Davlat gerbi tarixi haqida gapirib o‘tildi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyun kunida qabul qilingan  “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi 931-sonli OʻRQning mazmun mohiyati toʻgʻrisida mazmun-mohiyati va viloyati statistika tizimi oldidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida qisqacha tushuntirish berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli koʻrinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “Oʻzbekiston” yozuvi — oltin rangida; gʻoʻza shoxlari va barglari, togʻlar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri:    doimiy ravishda: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; Respublika davlat boshqaruvi organlarining shuningdek qator boshqa idoralarni  binolarda aks ettiriladi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining boʻrtma tasviridan foydalaniladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech