2024 yil yanvar–mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 4 067,7 mlrd. so‘mni yoki 2023 yilning shu davriga nisbatan 109,3 foizni tashkil qildi. Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi 37,3 foizga ko'payib, 424,9 mlrd. so‘mni va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 10,4 foizni tashkil qildi. Kichik korxona va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 6,8 foizga o‘sib, 3 642,8 mlrd. so‘mga etdi, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 27,6 foizni tashkil qildi. Umumiy tovar aylanmasi hajmining 2 519,3 mlrd. so‘m yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning hisobiga to‘g‘ri keldi 2023 yilning shu davriga nisbatan 62,8 foizga oshgan. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 62,0 foizga teng bo‘ldi.