14/05/2024

 Joriy yilning 2-may kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

Muloqot chog‘ida rahbariyat va boshqarma bosh yuristkonsulti tomonidan PQ-114-sonli qarori xodimlarga atroflicha tushuntirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-81-son qarori va 2024-yil 4-martdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-114-son qarori ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (keyingi oʻrinlarda — Statistika agentligi) tizimida qonunchilikni taʼminlash hamda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni samarali tashkil etish maqsadida Statitsika agentligining 2024-yil 24-aprelida qabul qilingan 49 va 50- sonli buyruqlari talabi ijrosini taʼminlash boʻyicha viloyat statistika boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora tabilar rejasini ishlab chiqib, 2024-yil 1-may kunidagi 31-I-sonli buyruq asosida aniq xodimlarga vazifalar yuklatilganligini bayon qilib oʻtdi.

Boshqarma bosh yuristkonsulti Oʻ.Shodiyev - Hurmatli yigʻilish  qatnashchilar boshqarma boshligʻi hozirgi maʼruzalarida aytib oʻtdilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kunidagi PQ-114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisda”gi PQ-114-sonli  Qarori  14 banddan iborat, 8 ilovasi mavjud boʻlib ilovalar quyidagilardan iborat.

1-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatinin ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. 7 banddan iborat.

2-ilova.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi.

3-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi toʻgʻrisida. Nizom. 11 bobdan   44 moddadan iborat.

4-ilova. Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faolyatini transformatsiya qilish boʻyicha, “YOʻL XARITASI” 38-banddan iborat.

5-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlari) 25 banddan iborat.

6-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statisitka kengashi tarkibi.

7-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentliginingStatistika kengashi toʻgʻrisida. NIZOM 5 bob 12 moddadan iborat.

 8-ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini  yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxatini belgilab bergan. Mazkur qaror statistika  bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solishi toʻgʻrisida tushintirib oʻtdi.

Shuningdek mazkur qarorga koʻra Statisika agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir oy muddatda statistika maʼlumotlarini taqdim etuvchi veb-saytlardagi maʼlumotlarni muntazam kengaytirib borish va yangilash choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.

            Rasmiy statistikanig boshqa tayyorlovchi Statistika agentligi tomonidan eʼlon qilingan rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksi natijalari asosida ular tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlariga nisbatan ishonch darajasini yaxshilash boʻyicha doimiy choralar koʻrib borish yuklatildi.

            Statistika agentligi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bogʻliq oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi belgilab oʻtilgan hamda statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, statistika maʼlumotlarini tayyorlash va ularni eʼlon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi beliglab berilganganligini tushinturib oʻtdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech