Oʼzbek milliy liboslariga mehr uygʼotish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda oʼzbekona sharm-hayo meʼyorlarini targʼib qilish, milliy kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida bugun, 2024- yilning 13- aprel kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi yigʼilishlar zalida boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan ayol-qizlar ishtirokida "Xon atlas festivali" doirasida tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda Xon atlas yaratilishi tarixi, sheʼrlar va videoroliklar namoyish etildi. Tadbir soʼngida taralgan kuy-qoʼshiqlar tadbirga bayramona shukuh bagʼishladi.