13/04/2024

   Ro‘yxatga olishning an’anaviy ta’rifi uning asosiy tamoyillari, ro‘yxatga olishning shaxsiyligi, bir vaqtdaliligi, ko‘p tomonlamaligi va belgilangan davriyligiga asoslanadi. Biroq, so‘nggi 20 yil ichida BMT YEIK mintaqasida ro‘yxatga olish konsepsiyasiga yanada kengroq yondashishni nazarda tutadigan yangi usullar ishlab chiqildi. Ba’zi mamlakatlarda barcha shaxslar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan an’anaviy usuli ma’muriy registr ma’lumotlaridan foydalanish usuliga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Bundan tashqari, shaxslar va ularning xususiyatlarini ommaviy ro‘yxatga olishdan, aholi va eng kichik hududiy birliklar bo‘yicha muhim ma’lumotlarni tez tez olish mumkin. Shu sababli hozirgi vaqtda YEIK mintaqasi mamlakatlari uchun aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish umumiy ta’rifi ishlatilgan metodologiyaga qaraganda olingan materiallarga ko‘proq tayanadi.

   Aholini ro‘yxatga olish muntazam vaqt oralig‘ida mamlakat hududida va uning eng kichik geografik birliklarida yashovchi aholining rasmiy hisobini, shuningdek, butun aholining bir qator ijtimoiy va demografik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha ma’lumot olishni  amalga oshirishga imkon beruvchi tadbir deb ta’riflanadi. Ushbu tadbir ma’lumotlarni to‘plash, shaxslar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, shuningdek, demografik, ijtimoiy ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, tarqatish, aniqligiga baho berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

     Respublika aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.

 

   Aholini ro‘yxatga olish shunchaki statistika emas, balki bu mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Ro‘yxatga olish ma’lumotlari aholining soni, tarkibi va taqsimlanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurni uyg‘otadi. Bundan tashqari, milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalaniladigan demografik o‘zgarishlarning tendensiyalarini o‘rganishga imkoniyat yaratadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech