28/03/2024

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 850 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 421 ming nafarga yoki deyarli 2 barobarga oshgan.

Joriy yilning dastlabki 2 oyida yurtdoshlarimiz eng koʻp quyidagi mamlakatlarga turistik maqsadlarda safar qilgan (nafar):

Qirgʻiz Respublikasi – 374,2 ming;

Tojikiston – 178,5 ming;

Qozogʻiston – 117,3 ming;

Saudiya Arabistoni – 51,3 ming;

Rossiya – 33,6 ming;

BAA – 26,2 ming;

Turkiya – 23,5 ming;

Quvayt – 8,9 ming;

Misr – 5,4 ming;

Tailand – 4,7 ming;

Boshqa davlatlar – 26,4 ming.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech