07/03/2024

Tabassum yarashar ayol yuziga,

Quloq tuting gar g'am cheksa oxiga,

Ayolni qadirlang, ayolni asrang,

Aslo ozor bermang ayol zotiga.

Ayol – avvalambor, ona, oila atalmish muqaddas qoʻrgʻonning farishtasi, jamiyat ustuni, hayotimiz fayzi…

Bu shunchaki balandparvoz soʻzlar emas. Biz ayolni qanchalik ulugʻlasak, unga qanchalik gʻamxoʻrlik qilsak, millat, davlat, ertangi kun va kelajak avlodga shunchalik gʻamxoʻrlik qilgan boʻlamiz.

Joriy yilning 7-mart kuni Buxoro viloyati Statistika boshqarmasida Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tizimda ishlayotgan barcha xotin-qizlarga bayram tabrigi yo‘llandi va sovg‘a salomlar ulashildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech