29/02/2024

Bugun viloyat statistika boshqarmasi rivoji yo'lida sidqidildan xizmat qilib kelgan, atrofdagilar e'tibori, hamkasblar mehri, shogirdlar e'tirofiga sazovor bo'lgan Buxoro shahar statistika bo'limi yetakchi mutaxasisi Djumayeva Ra’no Inoyatovna va Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi yetakchi mutaxasisi Dagayeva Roziya Kasimovna nafaqaga kuzatmoqdamiz.

 

Hurmatli ustozlar uzoq yillar davomida olib borgan mehnat faoliyatingiz, boshqarmamiz sha'ni va obro'si uchun amalga oshirgan barcha samarali harakatlaringiz uchun tashakkur deymiz.

 

Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, xonadoningizga fayz-baraka keyingi faoliyatingizda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech