Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 15,6 ming tonna asal olingan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.
Olingan asal umumiy hajmining eng yuqori ulushi Buxoro viloyati (15,6 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo (9,3 %), Fargʻona (9,2 %) va Andijon (8,3 %) viloyatlarida ham olingan asalning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.