2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Buxoro viloyatida jami 8,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 14,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 58,3 % ni hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 27,5 % ni tashkil etgan.