So'nggi yangiliklar

2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 119 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Oliy taʼlim tashkilotlarida 2021- yilda jami 37,4 ming nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritgan. 2020- yilda bu koʻrsatkich 32,1 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3457,8 ming gektarni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 487 101 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 8,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,1 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 190 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilib, ularning 90 % i qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda  ularning o‘sish sur’ati qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 133,7 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, ularning 70,6 % qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami 1290 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan maktablar ishga tushirilib, ularning 32,6 % i qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning may oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 26,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda 126 474 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Respublikada aloqa boʻlimlariga qarashli jami 2 519 ta pochta qutilari mavjud boʻlib, shulardan 1 619 tasi (jamiga nisbatan 64,3 %) qishloq joylarda oʻrnatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022  yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,1 % ni tashkil etadi.

Respublikamizda joriy yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.