So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2022- yilning yanvar-may  oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subektlarining soni 7 584 tani tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2021-yilda sanoat korxonalari tomonidan 10,9 ming tonna muzqaymoq ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan hayvonot bogʻlari soni 3 tani tashkil etgan. Ushbu hayvonot bogʻlari Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli bo‘ldi.

2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli bo‘ldi.

Respublikada 2022- yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 3,0 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- iyun holatiga, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (19 116 ta), jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,4 foizini (554 971 ta) tashkil etdi.

    2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi sport inshootlarida 328 ta suzish basseynlari bor. 

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2020- yil yakunlari bo‘yicha jahonda yalpi jamg‘amaning YaIMdagi ulushi 26,0 % ni tashkil etgangan. Ushbu ko‘rsatkich Armanistonda 14,7%, Belarus Respublikasida 28,2%

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Xorazm viloyatida 59,9 % ni, Namangan viloyatida 58,8 % ni, Farg‘ona viloyatida 54,3 % ni va Toshkent shahrida 54,2 % ni tashkil etdi.

MDH davlatlari statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati Armanistonda 105,7%, Belarus Respublikasida 102,3%, Moldovada 113,9 %, Ozarbayjonda 105,6 %, Qozog‘istonda 104,0 %, Qirg‘izistonda 103,6 %, Rossiya Federatsiyasida 104,7%, Tojikistonda 109,2 %, Ukrainada 106,1%, O‘zbekistonda esa 107,4 %ni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,4 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga eng ko‘p Yakkasaroy tumanida – 67,8 birlikni tashkil qildi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirganda 79,6 foizni tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan qurilish korxonalarining yillar kesimidagi soni:

2022- yilning yanvar- may oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (14 845 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshgan.

Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari To‘qimachi MFY ga Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi qonuni qabul qilingani to‘g‘risda targ‘ibot tashviqot ishlarini o‘tkazishdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 3936 ta texnologik innovatsiyalar joriy qilingan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida: mahsulotlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 3035 ta, jarayonlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 901 ta.