So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-aprel oylarida 4,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 84,6 % ga yoki 26,4 ming tonnaga kamaydi.

Buxoro viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-aprel oylarida 190,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida shifoxona muassasalari xizmatlarining hissasi salmoqli bo‘lib, 2024- yil yanvar-aprel oylaridagi ulushi 45,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 79,5 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 20,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 57 tani tashkil etdi.

2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra korxona va tashkilotlar statistikasi haqida.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 442,3 ming boshni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 14 478 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 158,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 19 455,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024–yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 173,7 mlrd. so‘mni yoki 2023–yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil qildi.

2024-yil 1-may holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 30 192 tani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 26 545 ta).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida 80,8 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may holatiga, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar soni 74 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 30,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 47 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 376 044 dona qorako‘l teri olingan.