Yig‘ilishni ochiq deb e’lon qilib, boshqarma boshlig‘i U.Djumanazarov so‘zga chiqdi va O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib mazkur qonun rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini, qonunning amal qilishi rasmiy rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni etkazib beruvchilarga, shuningdek ular o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statisikani tayyorlar, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi. Rasmiy statistika ushbu qonunning qoidalariga muvofiq davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlavnadigan hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iboratligini aytib o‘tdi. SHuningdek Davlat statistika organlari vakolatli davlat organi, qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining statistika boshqarmalari, tumanlarning(shaharlarning) statistika bo‘limlari davlat statistika organlari ekanligini talabalarga tushintirib o‘tdi.
Boshqarma boshyuristkonsulti O‘.SHodiev tomonidan o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib mazkur qonun 2021 yil 7 mayda qonunchilik palatasi tomnidan qabul qilinganligini, 2021 yil 26 iyunda Senat tomonidan maxqullanlanligini, 2021 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoindan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini O‘zbekiston Respublikasida rasmiy statika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi.
SHuninngdek O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» O‘RQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilanilishini aytdi, so‘zini davom ettirib, korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatatishi, korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazishi, inson huquqlarini buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishini, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchrashini, bu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayotganligini aytdi.