2023-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 998 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-mart oyida ushbu sohada 801 ta korxonalar yangi tashkil etilgan. Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:
Toshkent shahrida – 267 ta
Farg‘ona viloyatida – 101 ta
Toshkent viloyatida – 62 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 54 ta
Samarqand viloyatida – 49 ta
Buxoro viloyatida – 47 ta