2023- yilning 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 726,1 km. ga teng. Umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligida elektrlashtirilgan temir yoʻllarning ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.
Elektrlashtirilgan temir yoʻllarning umumiy uzunligi eng yuqori ulushga ega boʻlgan hududlar:
Toshkent viloyati – 19,4 %;
Qashqadaryo viloyati – 16,6 %;
Samarqand viloyati – 12,7 %;
Namangan viloyati – 10,7 %;
Surxondaryo viloyati – 10,0 %.