14/03/2023

2023-yilning yanvar oyida Buxoro viloyati bo‘yicha 248,1 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 166,1 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurish bo‘yicha 36,3 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 45,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 67,0 %, 14,6 % va 18,4 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech