Tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi.Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.
Joriy yilning 21-oktabr kuni Viloyat statistika xodimlari ishtirokida “Ona tilim G‘ururim, Faxrim ” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go‘zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o‘z tilimizning ko‘rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog‘on bo‘ladi va birligimiz mustahkam bo‘ladi. Zero rus tarixchisi Shobelev aytganidek “Millatni yo‘q qilish uchun u yerga qurol ko’tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyotini yo’q qilish kerak, shunda millatning o’zi yo’q bo’lib ketadi” degan fikri naqadar to’g’ri ekanligini ko’rishimiz mumkin.Men o’z fikrimni A. Oripovning 4 misra she’ri bilan yakunlamoqchiman.
Ona tilim, sen borsan shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman
Sen yo’q bo’lgan kuning, shubhasiz
Men ham to’ti bo’lib qolaman