2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 640,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 11 286,9 ming tonna – sut, 8 053,1 mln. dona – tuxum, 22,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Respublika boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 11,8 % i – Qashqadaryo viloyati (310,8 ming tonna),
– sutning 11,8 % i Samarqand viloyati (1 337,1 ming tonna),
– tuxumning 18,0 % i – Toshkent viloyati (1 450,6 mln. dona),
– pilla xom-ashyosining 13,0 % i – Samarqand viloyati (3,0 ming tonna) hissasiga toʻgʻri keldi.
Matbuot xizmati