2021- yilning 1 oktabr holatiga respublikamizda jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 538 466 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 118,4 foizga oshgan. Jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,3 foizini (475 349 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 107 549 ta
Toshkent viloyati – 51 257 ta
Fargʻona viloyati – 47 306 ta
Samarqand viloyati – 46 571 ta
Andijon viloyati – 41 808 ta
Qashqadaryo viloyati – 36 928 ta
Namangan viloyati – 34 862 ta
Buxoro viloyati – 31 229 ta
Surxondaryo viloyati – 28 429 ta
Xorazm viloyati – 24 811 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 24 324 ta
Jizzax viloyati – 23 600 ta
Navoiy viloyati – 23 128 ta
Sirdaryo viloyati – 16 664 ta
Matbuot xizmati