Joriy yilning 1- avgust kuni Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati tashkil etildi. Tadbirni boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi D. Jo‘rayeva ochib berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga dolzarb siyosiy yangiliklar, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlatimiz rahbarining murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida keng tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, Milliy statistika qo‘mitasi media markazi tomonidan yaratilgan “Intervyuyerning bir kuni “, “Eng namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari”, “Ortga qaytmas islohotlar”, ““Kun uz” sayti muxbirlari bozorda narx kuzatuvlarida qatnashdi” videoroliklar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat soati ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.