Faqat taxminlarga tayanib ish ko‘rgan odam yutqazadi. Tavakkalchilik, bashoratgo‘ylik ma’lum jabhalardagina zarur. Aniq statistika esa har sohada kerak. Busiz rivojlanish haqida gapirish o‘rinsiz. Ayniqsa, hozirgi tez o‘zgarib borayotgan zamonda! Bugun biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu ham bevosita statistikaga daxldor. Ya’ni aholini ro‘yxatga olish haqida. Xo‘sh, bu amaliyot nima uchun kerak? Nega keyingi bir yilda bu haqda juda ko‘p gapirilyapti? Nima, bizda shu paytgacha aholi ro‘yxatga olinmaganmidi? Shuningdek, Qonunda, aholini ro‘yxatga olishni tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi, maxsus vakolatli davlat organi, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi respondentlar va ro‘yxatga oluvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tartibi, tadbirlarni moliyaviy ta’minlash asoslari belgilab berilgan. Ayni paytda Milliy statistika qo'mitasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyati, aholini ro‘yxatga olishning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha axborot targ‘ibot ishlari ham izchil davom ettirilyapti. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy va ilmiy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, aholimiz o‘zlarining kelajagi uchun aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ravishda ishtirok etishlari lozim bo‘ladi.
09/04/2025