Joriy yilning 31- yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Nazarova tomonidan Buxoro shahar 39-iqtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi o'qituvchilari uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Seminar so'ngida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.