13/12/2024

      Joriy yilning 12-dekabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish bo'limi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun "Statistika integrallashgan axborot tizimi" mavzusida vebinar tashkil etildi hamda sohaga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to'g'risida atroflicha ma'lumot va tushunchalar berildi.      Shuningdek, vebinarda xodimlarga statistik registrlarni yuritishga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi. 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech