Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kunidagi OʻRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni ijrosini taʼminlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bayon qilib oʻquv mashgʻulotini ochib soʻzining davomida:
Davlat organining yoki boshqa tashkilotning oʻzi bilan mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimi ikki yil ichida oxirgi ish joyida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlar yoki ularning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ishga ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi nazorat boʻlinmasi vazifasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xulosasiga asosan qabul qilinadi.
Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar xodimi lavozim majburiyatlarining yoki xizmat vakolatlarining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan boshqa cheklovlar qoʻllanilishi mumkin.