Statistika boshqarmasi boshlig‘i U.O.Djumanazarov O’zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» O’RQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligini, korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatatishi, korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarini buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishini, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchrashini, bu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirish natijasida mazkur hodatlar bartaraf etilyotganligini aytib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuristkonsulti O’.Shodiyev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’RQ-419-sonli qonunida belgilangan talablar va amalga oshirilishi lozim bulgan ishlar haqida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berib korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdan bioratligini aytdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabr kunidagi PF-200-sonli Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faolyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmonining mazmun mohiyati bilan tanishtirib mazkur farmon 11 moddadan iboratligini 3-ilovasida amalga oshirilishi lozim 30 dan iborat chora-tadbirlar belgilab qo‘yilganlini aytib o‘tdi. Shuningdek Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash joriy etilganligini tushintirib o‘tdi.
Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2024 yil 22 fevral kunidagi 01/1-23-12/3-21-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash va huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida xodimlar 2024 yil 19 yanvarda qabul qilingan 899-sonli O’RQ, 2024 yil 1 fevralda qabul qilingan 901-sonli O’RQ hamda 2024 yil 2 fevral kunidagi 903-sonli O’RQ qonunlarning mazmun mohiyati xodimlar e’tiboriga yetkazilishini ta’kidladi.