So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng yuqori o`sish sur`ati Xorazm viloyatida kuzatilib, 2020- yilga nisbatan 144,2 %ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda jami 7 540,9 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida boshqa noruda mineral mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha respublika korxonalari tomonidan 20,3 trln. soʻm mahsulotlar ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan fizik hajm koʻrsatkichi 106,4 % ni tashkil yetdi.

2021-yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda jami 10 859,3 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida bino va inshootlarni qurish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,4 % ni tashkil etib, 2020- yildagi ko`rsatkichga nisbatan 5,1 % punktga kamaydi.

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 5 054,8 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan koʻmir ishlab chiqarish hajmi 923,0 ming tonnaga oshgan yoki oʻsish surʼati 122,3 foizni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 640,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 11 286,9 ming tonna – sut, 8 053,1 mln. dona – tuxum, 22,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi ishlab chiqarildi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Qoraqalpog`iston Respublikasida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 3,7 % ini tashkil etdi. Shuningdek bu ko‘rsatkich Xorazm viloyatida 3,0 % va Toshkent shahrida 2,4 % ni tashkil etdi.

 2021- yilda Respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,6 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 11,2 % va Navoiy viloyati 8,1 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,1 %) va Jizzax (3,2 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2017- yilga nisbatan 166,9 foizni tashkil etdi. Yanvar- dekabr oylarida qurilish sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:

2021- yilda xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 128,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,7 mln. tonna sement import qilingan.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 151,1 trln.soʻmni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,9 % ni tashkil qildi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida transportda tashilgan yuklar hajmi 1 511,9 mln. tonnani tashkil etib, bu 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 10,6 % ga ko‘pdir.

 Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar–dekabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 476,9 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 87,7 % ni tashkil qilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilning yanvar – dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 317,8 trln. soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 302,5 trln. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,4 % ni tashkil etdi, shu jumladan:

2021- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,9 % ga qimmatlashdi.

16:06:19