So'nggi yangiliklar
2020/2021- o‘quv yili boshiga kompyuter sinflariga ega bo‘lgan umumta'lim muassasalari soni 9923 tani tashkil etgan. Mazkur umumta'lim muassasalarida jami 13240 ta kompyuter sinflari mavjud.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 513 ming tonna kalava ip eksport qilgan.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari hajmi 54 825,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2020- yilning shu davriga nisbatan 17,9 % ni tashkil etdi.
10/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 10- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuniga bag‘ishlab, “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
10/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 16 688 tani tashkil etdi.
10/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2020- yil yakunida mamlakatimizda tayanch doktoranturada izlanuvchi ayollar soni 1040 nafarni tashkil etgan, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha
10/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 9- dekabr kuni Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining yig‘ilishlar zalida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar: natija va ustuvor yo‘nalishlar” mavzuvda xalqaro konfrensiya bo‘lib o‘tdi.
2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida uzum narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 2,8 % ga qimmatlashgan.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 714 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
2021- yil yanvar-oktabr oylarida, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 84 101 tani tashkil etdi.
09/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Seminarda, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma – axborot taxliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i D.Saidov “Statistika fanining predmeti, metodlari va asosiy vazifalari” mavzusini ochib beruvchi fanning uslubiyati, kuzatish turlari va usullari, kuzatish natijalarini jadvallar va grafiklarda tasvirlash bo‘yicha zarur ilmiy-metodik ma’lumotlarni berib o‘tdi.
07/12/2021 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
07/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda parrandalarning umumiy bosh soni 86 227,5 ming boshga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,7 % ga teng.
07/12/2021 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 547 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 39,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 119,8 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30 005,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 16,5 % ga oshdi.
07/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2017- yilga nisbatan 166,5 foizni tashkil etdi.
07/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining 587,2 ming kishini erkaklar, 548,4 ming kishini ayollar tashkil etdi.
267-sahifa 286 dan