So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,7 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 15 347,9 ming so‘mni (yoki 1 221,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etgan.

2024-yilning 1-avgust holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 026 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 787,4 tonna ananas sharbati ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori ulushi:

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 34 ming tonna pomidor eksport qilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, axborot va aloqa asosiy faoliyati bilan  shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 9 999 birlikka yetgan.

Joriy yilning 16-avgust kuni Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 5 423,2 ming tonna sut yetishtirilgan.

Mamlakat fuqarolari to'g'risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig'ida aholini ro'yxatga olish tadbirlari orqali to'planadi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 45 147,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, qurilish sohasida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 53 122 tani tashkil etgan.

2024-yilning 1-avgust holatiga faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 26 274 ta bo'lib, shundan xususiy korxonalar soni 2 561 tani (9,7 foiz) tashkil qildi.

2024-yilning II choragida kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2024-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 29,9 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 887,3 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yilning 1-avgust holatiga ko'ra, viloyatimizda chet el investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 328 tani, shundan qo'shma korxonalar 139 ta va xorijiy korxonalar 189 tani tashkil etmoqda.

Yillar kesimida qurilish faoliyati bilan shug'ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni: