🔹Bugun viloyat statistika boshqarmasi rivoji yo'lida sidqidildan xizmat qilib kelgan, atrofdagilar e'tibori, hamkasblar mehri, shogirdlar e'tirofiga sazovor bo'lgan Kichik biznes va tadbirkorlik statistikasi bo'limi boshlig'i Hakimova Feruza opa Nizomovnani nafaqaga kuzatmoqdamiz.
🔹Hurmatli ustoz uzoq yillar davomida olib borgan mehnat faoliyatingiz, boshqarmamiz sha'ni va obro'si uchun amalga oshirgan barcha samarali harakatlaringiz uchun tashakkur deymiz.
🔹Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, xonadoningizga fayz-baraka keyingi faoliyatingizda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.