04/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,3 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining 1,1 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,4 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 14,7 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 10,6 % ga kamayish kuzatildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech