O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 104,5 % ni tashkil etgan holda 51363,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.