06/04/2022

   Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-fevral oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,6 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,6 %), transport (21,0 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,5 %), shuningdek, ta’lim  sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (3,8 %) qayd etildi.

  • Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,7 % ga yetdi.
  • Savdo xizmatlari – 25,6 %;
  • Moliyaviy xizmatlar – 23,6 %;
  • Transport xizmatlari – 21,0 %;
  • Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,5 %;  
  • Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 3,8 %;  
  • Boshqa xizmatlar – 3,6 %;
  • Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,9 %;
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 2,8 %;
  • Shaxsiy xizmatlar – 2,7 %;
  • Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 2,0 %;
  • Ijara xizmatlari – 1,9 %;
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,9 %;
  • Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,7 %.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech