05/04/2022

   2021- yilda chet el erkaklari xizmat safari maqsadida asosan Rossiya (xizmat safari maqsadida kelgan erkaklar umumiy sonidan 25,7 % ni tashkil etganlar), Tojikiston (12,8 %) va Qozog‘istondan (11,6 %) kelganlar. O‘qish uchun Afg‘oniston (o‘qish maqsadida kelganlarning umumiy sonidan 44,9 % ni tashkil etganlar), Pokiston (24,6 %) va Hindistondan (8,0 %) tashrif buyurishgan. Dam olish va bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish uchun erkaklar asosan Rossiya (16,8 %), Afg‘oniston (13,3 %) va Turkiyadan (12,4 %) kelganlar.Qarindoshlarini yo‘qlash uchun esa Qirg‘iz Respublikasi (34,2 %) Qozog‘iston (30,1 %) va Tojikiston (20,3 %) kabi qo‘shni mamlakatlardan kelishgan. Davolanish uchun ham ushbu davlatlardan, yaʼni Tojikiston (46,1 %), Qozog‘iston (37,6 %) va Qirg‘iz Respublikasidan (11,2 %) kelganlar.Tijorat maqsadida asosan Afg‘oniston (73,3%), Tojikiston (8,1 %) hamda AQSHdan (3,1 %) kelgan erkaklar bo‘lgan.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech