Joriy yilning 1- iyul kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tizim xodimlari ishtirokida Davlat ramzlaridan biri Davlat gerbi qabul qilingan kunga bag’ishlangan yi‘g‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi D. Jo‘rayeva ochib berdi va Davlat gerbi tarixi haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek boshqarma bosh yuristkonsulti O‘. Shodiyev Davlat gerbi to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi va "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun doirasida davlat statistika organlarining huquq va majburiyatlarini, jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish hamda qonunlarga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini batafsil tushuntirdi. Shuningdek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni ham atroflicha sharhlab, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini ta’kidladi va bu kurashdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, huquqiy ongni oshirish, profilaktik choralar va javobgarlikning muqarrarligi tamoyillarini bayon etdi.