2025-yil 27-iyun kuni Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati tashkil etildi. Tadbirni boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi D. Jo‘rayeva ochib berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga dolzarb siyosiy yangiliklar, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlatimiz rahbarining murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida keng tushunchalar berildi.
Ma’rifat soati ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.