05/01/2024

            Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;

shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;

aholini ro‘yxatga olishlar oralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

           O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o’tkaziladigan, belgilanadigan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayondir. Bu jarayonda aholini ro’yxatga oluvchilar respondentlar bilan bevosita muloqotda bo’lishadi.
            Respondentlar – aholini ro’yxatga olish sanasida O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar,
            O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro’yxatga olish        sanasida     uning hududidan tashqarida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Aholini ro’yxatga oluvchilar respondentlar yashaydigan turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holatda uyma-uy yurib so’rov o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Aholini ro’yxatga olishni o’tkazish davrida yashash joyida hozir bo’lmagan yoki voyaga yetmagan respondentlar to’g’risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo’jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. Respondentlar yashab turgan xonadonida ro’yxatdan o’tishni istamasa statsionar uchastkalarga kelib o’tishlari mumkin. Gapirishi va eshitishida nuqsoni bo’lgan respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig’ish tegishli hudud bo’yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo’lgan shaxslar ko’magida amalga oshiriladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech