Funksional vazifalari
-boshqarma, shahar va tuman statistika bo’limlari faoliyatiga umumiy rahbarlik;
-boshqarma xodimlariga nisbatan malaka talablarini bеlgilaydi va ularning mеhnatini rag'batlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar bеlgilaydi;
-boshqarma, tuman va shahar statistika bo’limlariga Milliy statistika qo’mitasi bilan kеlishilgan holda bеlgilangan tartibda xodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
-boshqarma, tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
-boshqarmaning moliyaviy mablag‘larini qonuniy asoslarga ko‘ra tasarruf etadi;
-boshqarma xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustama va qo‘shimcha ish haqi to‘lash tartibini, moddiy rag‘batlantirish va taqdirlashning boshqa shakllarini belgilaydi;
-dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy-texnik resurslarini taqsimlaydi;
-maxsus jamg‘arma mablag‘larini Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasarruf etadi;
-belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi choralarini ko‘radi;
-boshqarma boshlig`i: Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi,Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizom nazorati bo'limi,Buxgaltеriya hisobi va moliyaviy ishlar bo`limi, Maxsus qism, Kadrlar bo`limi,Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi, Dasturiy-tеxnik ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi hamda Qorovulbozor tumani, Kogon tumani, Kogon shahri statistika bo`limlari faoliyatini nazorat qiladi.



