Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Davlat ramzlari

O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi

   "O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risidagi" qonun 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10 sessiyasida qabul qilindi.
   O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko'rinishga ega: tog'lar, daryolar va so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo'lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O'zbekiston» deb yozib qo'yilgan.
   O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko'rinishida: Humo qushi va daryolar - kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O'zbekiston» yozuvi - oltin rangida; g'o'za shoxlari va barglari, tog'lar va vodiy - yashil rangda; chanoqlardagi paxta - oq rangda; lenta - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak - oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar - oq rangida tasvirlangan.


O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i

   1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonun qabul qilindi.
   O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - bayroqning butun uzunligi bo'ylab o'tgan to'q moviy rang, oq rang va to'q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi matodir.
   Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy ma'noga ega. Undagi moviy rang tiriklik manbai bo'lgan obihayotni, musaffo osmonimizni, kuch-qudratimizni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni aks ettiradi.
   Oq rang - tinchlik, xotirjamlik, yorug'lik ramzi. Shuningdek, bu rang o'zida poklik, beg'uborlik, botiniy go'zallikni ifodalab kelgan. Demak, bayrog'imizdagi oq rang xalqimizning pokiza orzu - umidlarini, yorug'likka, ezgulikka eshligini o'zida namoyon etadi.
   Yashil - yasharish va yangilanish, navqironlik va shodumonlik ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz timsolidir. Qizil chiziqlar esa, tomirimizda jo'shib oqayotgan ajdodlar qoni - hayotiy qudrat va davomiylik nishonasidir. Shuningdek, bunda Istiqlol, Ozodlik uchun qon to'kkan erksevar ota-bobolarimizning orzu-armonlari mujassam.
   Bayrog'imizdagi yarim oy va yulduzlar tasviri tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an'analarimiz, ma'naviy kuch-qudratimiz bilan bog'liq. Hilol qo'lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.
   Davlatimiz bayrog'i - o'tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O'zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog'imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g'urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.


O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

 O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI-sessiyasida ma'qullangan. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

  Mutal Burhonov musiqasi
  Abdulla Oripov so'zi

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon ! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor ! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor !

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot ! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod !

Naqarot:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor ! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor !

MP3 formatida yuklab olish (2,33 Mb)

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Avgust 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1829383
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.