Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-MAY HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 335
2 / 17
Guruch - 7 997
3 / 17
Kartoshka - 4 974
4 / 17
Karam - 1 919
5 / 17
Pomidor - 10 102
6 / 17
Bodring - 7 570
7 / 17
Sabzi - 1 544
8 / 17
No‘shpiyoz - 2 866
9 / 17
Olma - 12 250
10 / 17
Mol go‘shti - 47 725
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 44 758
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 071
13 / 17
Turli baliqlar - 22 434
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 430
15 / 17
Sariyog‘ - 50 342
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 701
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 788

Bugun, 4 fevral kuni Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pyotr Ivashkevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Viloyat rahbari demokratik islohotlarning yangi bosqichida mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy  aloqalar yildan-yilga rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Mazkur uchrashuv ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ikki mamlakat ta'lim tizimidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilishda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qilishi e'tirof etildi.

Shuningdek, uchrashuvda delegatsiya a'zolariga viloyatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur yo‘nalishdagi innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish uchun yaratilgan sharoit haqida keng ma'lumot berildi. Pyotr Ivashkevich yurtimiz, ayniqsa, Buxoroda ta'lim sohasini rivojlantirishdagi amaliy ishlar samaradorligini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish ishlarini yuqori baholadi.

Uchrashuv O‘zbekiston va Polsha ilm-fan vakillari uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini berishini qayd etdi. Shuningdek, muloqotda ijtimoiy-madaniy va turizm sohalarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

buxoro.uz

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyuldagi “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq viloyat markazining Zulfiya, Uy quruvchilar, Sanoatchilar, Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chalari kesishmasidan gektardan ortiqroq maydonda “Bukhara City” loyihasini amalga oshirishga kirishilgan.

Bu yirik loyihada mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish ishlari jadal olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari investorlari bilan birga mahalliy sarmoyadorlar ham bu joyda turli savdo va ko‘ngilochar markazlar, mehmonxona, san'at galereyasi, yoshlar markazi, zamonaviy turar joy binolari qurilishiga hissa qo‘shmoqdalar.

Hududda keng ko‘lamda boshlangan sa'y-harakatlar natijasida hozirga qadar 6 gektar yer maydonida 15 ta loyiha bo‘yicha jami qurilish osti 15 ming kvadrat metrdan iborat takliflar ma'qullandi. Ayni paytda qurilish-pudrat tashkilotlari, qurilish sohasi muhandis-mutaxassislari ishga kirishgan. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev bugun, 27 yanvar kuni “Bukhara City” direksiyasiga tashrif buyurdi.

 

Tashrifda viloyat rahbari tomonidan respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarda zamonaviy loyihalar asosida qurilishi mo‘ljallangan “IT”, ya'ni axborot texnologiyalari parkini aynan “Bukhara City”da qurishga doir zarur tavsiyalar berildi. Bu parkda zamonaviy informatsion-texnologiyalar bilan bir qatorda, mazkur sohada xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filialini ochish va unda mahalliy yoshlar iste'dodini yuzaga chiqarish masalasida olib borilayotgan muzokaralar xususida to‘xtalib o‘tildi.

 

Shu qatorda viloyat hokimi xorijiy investorlar bilan o‘zaro manfaatli kelishuvga erishishda ilg‘or chet davlatlar tajribasidan unumli foydalanish, bunda alohida “showroom”lar tashkil etish va diplomatik muzokaralarni yuqori saviyada tashkillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatma hamda va topshiriqlarni berdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Muhtaram Prezidentimizning shu yil 8 yanvardagi Yangi tahrirdagi Soliq kodeksini amaliyotga tatbiq etish, 2020 yilda byudjet daromadlari prognozini bajarish borasida amalga oshirilayotgan tizimli choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalar ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar viloyat hokimligi katta yig‘ingohida o‘tgan tahliliy yig‘ilishda muhokamalar markazida bo‘ldi. Unda viloyat hokimligi mutasaddilari, hududlardagi sektorlar hamda iqtisodiy kompleks rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shahar-tumanlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Kengaytirilgan yig‘ilishni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev olib bordi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz Prezidentining talablarini bajarish uchun ayni kunda O‘zbekiston Respublikasining 480 ta moddadan iborat Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksi, shuningdek, Davlat Byudjeti to‘g‘risidagi Qonunida ko‘zda tutilgan yangiliklarni hayotga tadbiq etish har bir soha rahbari va jamoasi oldida turgan muhim vazifa. Barcha shahar va tumanlar davlat soliq inspektsiyalarida yangi tahrirdagi Soliq Kodeksi va Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni hayotga tatbiq etish bo‘yicha shtablar tuzish, ular rahbarlari etib shahar-tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini tayinlash, qolaversa, viloyatdan biriktirilgan vakillar, ular o‘rinbosari qilib prokurorlar, shtabning ishchi guruh rahbari qilib soliq inspektsiyasi rahbarini tayinlash tavsiya qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqqan viloyat Davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov yig‘ilganlarga Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksidagi yangiliklar mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berdi. Yig‘ilganlar sohaning yangicha tartibiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shundan so‘ng davlat byudjeti tushumini boyitishda Buxoro tumanida to‘plangan tajriba va ish yuritish uslubi xususida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Umarovning ma’ruzasi tinglandi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda tumandagi 827 ta korxonada 5 696 ta ish o‘rnini legallashtirish hisobidan 5,5 milliard so‘m byudjetga qo‘shimcha tushum kiritish va aylanmadan tushumni oshirish bo‘yicha, xususan, joriy yildan tushumdan 4 foizli yagona soliq to‘lashi joriy etilayotgan 260 ta fermer xo‘jaligiga biriktirilgan mas’ullarning hisobotini har oyda eshitib borish tizimi yaratiladi.  


Shuningdek, o‘tgan yilda tumandagi 114 ta korxona umuman suv solig‘i to‘lamagani holati yuzasidan endilikda suv resurslaridan hujjatlarsiz va belgilangan limitdan ortiq foydalanilganda, shuningdek, avtomoykalar tomonidan yer usti manbalaridan foydalanilganida soliq stavkasi 5 baravarga oshiriladi. Shu munosabat tuman “Suvoqava” korxonasi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspektsiyasi bilan birgalikda barcha suv iste’molchilarini birma bir xatlovdan o‘tkazib, ular suv iste’molini har 10 kunda hisob-kitob qilib borish uqtirildi.

Muhokama qilingan masalalardan xulosa qilindiki, davlat byudjetini shakllantirishga  hissa qo‘shish bugungi kunda sohadagi har bir rahbarning zimmasidagi ustuvor vazifa. Nega deganda, ijtimoiy va iqtisodiy kompleksdagi qator muammolarni hal qilish, joylarda aholi turmush madaniyatini yaxshilash, hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ko‘pgina loyihalarni bevosita amaliyotga tadbiq etishning ham tagzamiri ana shu manbaaga borib taqalishini barchamiz yaxshi bilamiz. Qolaversa, aholiga qulay shart-sharoit yaratish, kam ta’minlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa maqsadlarda belgilangan Davlat dasturlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish va ro‘yobga chiqarish ham aynan ana shu byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini unutmaslik kerak. Shu nuqtai nazardan, mutasaddilar zimmasiga aniq va qat’iy vazifalar yuklatildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

Qadim va beqiyos tarixiy obidalari, nodir va ko‘hna me’moriy yodgorliklari, xalqimizning boy milliy va madaniy merosiga aylangan ko‘p asrlik majmualar, maqbara va xonaqohlar, muqaddas qadamjolariga ega Buxoroi sharif butun bashariyat tamaddunining tarixiy madaniy o‘choqlaridan biri sifatida xalqaro miqyosida tan olingani biz uchun faxr-iftixor, albatta. Shu nuqtai nazardan, xalqaro doirada ham bizga qiziqish bildirayotgan davlatlar safi kengayib bormoqda. Jumladan, Ko‘hna Qit’aning qadim tarixga ega Frantsiya davlati bilan ham madaniy meros ob'yektlarini asrab-avaylash sohasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada “Ipak yo‘lidagi karvonsaroylar” xalqaro assotsiatsiyasining hammuassisi, uning respublikamizdagi filiali rahbari, taniqli me’mor-ekspert, qadimshunoslik sohasida tadqiqotchi olim, janob Filipp Barbyu hamda tarixiy yodgorliklar bo‘yicha mintaqaviy boshqarmaning madaniy meros ishlari bo‘yicha kuratori, qadimiy yodgorliklarni saqlash, texnik monitoringini olib borish va baholash bo‘yicha eksperti Matilda Lobatu xonim singari mutaxassislarning olib borayotgan ishlari diqqatga sazovor.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Frantsiya davlatining mamlakatimizdagi elchixonasi sa’y-harakati bilan yurtimizdagi nomoddiy meros ob'yektlarini asrab-avaylash sohasida hamkorlik doirasida janob Filipp Barbyu hamda Matilda Lobatu xonim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari qadim shahrimizda mehmon bo‘lib, viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev bilan uchrashdilar. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan qabulda mehmonlarga Buxoro va uning tarixi, buguni, boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘z navbatida samimiy qabul uchun minnatdorligini izhor qilgan fransuz tadqiqotchilari yurtimizdagi qadimiy obidalar, ko‘p ming yillik me’moriy yodgorliklarni asl holicha saqlash va ularni avlodlarga bus-butun yetkazishda, tarixiy ob'yektlarni restavratsiya qilishda yaqin hamkor bo‘lishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Mehmonlar Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyatiga yuqori baho berdilar. 

Bobodehqonning yil bo'yi vaqt bilan hisoblashmay, kunni tunga ulab qilgan mehnati, chekkan zahmati hosilini ko'radigan palla ham yetib keldi. 

Tugmani bosing Tinglash