Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-MAY HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 335
2 / 17
Guruch - 7 997
3 / 17
Kartoshka - 4 974
4 / 17
Karam - 1 919
5 / 17
Pomidor - 10 102
6 / 17
Bodring - 7 570
7 / 17
Sabzi - 1 544
8 / 17
No‘shpiyoz - 2 866
9 / 17
Olma - 12 250
10 / 17
Mol go‘shti - 47 725
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 44 758
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 071
13 / 17
Turli baliqlar - 22 434
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 430
15 / 17
Sariyog‘ - 50 342
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 701
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 788

Tabiat injiqliklarini yengib o‘tish, xalq turmush sharoitini avvalgi o‘zaniga qaytarish, yo‘qotilgan moddiy-maʼnaviy neʼmatlar o‘rnini to‘ldirish oson bo‘lmaganidek, bu iroda maydoni har birimizni chinakamiga toblashi, yangi kuch bag‘ishlashi, ilgari ishga solinmagan zaxira imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga daʼvat etishi ham ayni haqiqat.

Tabiiy ofat munosabati bilan muhtaram Prezidentimizning Buxoroga tezkor tashriflari, ko‘rsatgan otalarcha g‘amxo‘rliklari nafaqat ofatdan zarar ko‘rgan Olot va Qorako‘l tumanlarida istiqomat qilayotgan yetti yoshdan yetmish yoshgacha har bir inson qalbiga, balki butun xalqimiz, mamlakatimizning olis go‘shalarida yashayotgan har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz hayajon va harorat bag‘ishladi.  

Hayot har doim bir tekis-baxtli, quvonchli bo‘lmaydi. U baʼzan shiddatli, beayov, tasodiflarga boy, baʼzan tinch-sokin bo‘lib, turli sinovlar orqali odamlarning irodasini mustahkamlaydi, sabr-toqatini sinaydi. Asrlar davomida taqdir sinovlariga takror-takror ro‘baro‘ bo‘lgan xalqimiz ofatu kulfatlarni doimo birgalikda, hamjihatlikda yengib kelgan. Xalqimiz hamjihatlik naqadar qudratli kuchga ega ekanligiga joriy yilda 75 yilligi nishonlanadigan buyuk G‘alabaga erishish asnosida, 1966 yildagi Toshkent zilzilasi, 1984 yildagi Buxoro va Gazli zilzilasi kunlarida qayta-qayta imon keltirgan. Bugun ana shu yuksak insoniy fazilat Buxoroga otlangan fidoyilar g‘ayrati misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.      

Bugun viloyatimizning ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Olot va Qorako‘l tumanlari o‘ziga xos qurilish va bunyodkorlik maydoniga aylangan. Uzoq-yaqin viloyatlar rahbarlari, mehnatkash xalqi, vazirlik va idoralar jamoalari viloyatimiz xalqiga yordamga oshiqib kelmoqdalar. Yuzlab quruvchi-bunyodkorlar, xalq xo‘jaligining boshqa qator sohalari vakillaridan iborat ko‘mak guruhlari, qudratli texnikalar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda viloyatdoshlarimiz bilan bir tanu bir jon bo‘lib mehnat qilmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, biz, buxoroliklarga ushbu murakkab vaziyatda yordam berishga oshiqqan viloyatlar rahbarlariga, xalqiga, vazirlik va idoralar rahbar va mutasaddilariga ko‘rsatayotgan do‘stona ko‘maklari, mehr-oqibatlari uchun barcha buxoroliklar nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. Jonajon yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi ezgu faoliyatlariga zafarlar, o‘zlariga sog‘lik-omonlik tilayman.

Yaratgan barchamizga bugungi sinovli kunlardan eson-omon va yorug‘ bilan o‘tishni nasib aylasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Ulug‘ ajdodlarimiz ko‘zga surtgan jonajon yurtimiz, muqaddas shaharlarimiz obod, bunyodkor va matonatli xalqimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin!

 

Tugmani bosing Tinglash