Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

Profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli telefonlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-IYUl HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 672
2 / 17
Guruch - 8 026
3 / 17
Kartoshka - 3 949
4 / 17
Karam - 1 222
5 / 17
Pomidor - 3 286
6 / 17
Bodring - 2 656
7 / 17
Sabzi - 2 120
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 364
9 / 17
Olma - 9 623
10 / 17
Mol go‘shti - 48 188
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 45 343
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 291
13 / 17
Turli baliqlar - 22 348
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 767
15 / 17
Sariyog‘ - 51 314
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 992
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 831

-Tijorat banki bu loyihamizni qo‘llab-quvvatlasa, shu yil oxirigacha ishga tushirishni mo‘ljallaganmiz,-deydi Laziz Radjabov.-Ikkinchi bosqichda o‘zimizda yetishtirgan pomidor mahsulotini qayta ishlab, undan eksportbop ketchup, tomat pastasi tayyorlashni, ularni qadoqlab ichki va tashqi bozorga chiqarishni ko‘zlaganmiz. Jarayonda ish o‘rni ham ikki barobarga oshiriladi.

Bugun qurilishbop materiallariga talab oshganini inobatga olgan “Kogon stroy servis” MCHJ jamoasi tabiiy toshlarni, chunonchi G‘azg‘on marmarini qayta ishlab, turli o‘lchamdagi marmar plitka, uning chiqindisidan esa presslangan rangli g‘isht ishlab chiqarish taraddudida. Kogon shahrining “Bog‘ichinor” ko‘chasida joylashgan korxona loyiha umumiy qiymati 2 milliard so‘m sarmoyani hal qilsa, kuniga 165 kvadrat metr marmarni qayta ishlash, 14 ming dona presslangan g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Buning uchun “Sanoatqurilishbanki”dan 100 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘i so‘ralgan. Shu yil 4-choragida ishga tushirish mo‘ljallanayotgan sub'yektda 15 nafar ishchi mehnat qiladi.

Romitan tumanidagi “Dildora-Dilnoza-Baxtiyor” MCHJ “Qoqishtuvon” MFYda sayyohlik markazini tashkil etish niyatida. Tayyorlangan loyiha tarkibidan 30 o‘rinli, ikki qavatli zamonaviy mehmonxona, choyxona, yozgi dam olish xonalari, shuningdek, avtomobillar turar joyi o‘rin olgan. Loyihaning umumiy qiymati 810 ming AQSH dollariga baholangan. Hozirda tadbirkor tomoni 210 ming dollar mablag‘ni o‘z shaxsiy jamg‘armasidan ajratgan. Qolgan sarmoya “Xalq banki” viloyat filialidan imtiyozli shartlarda moliyalashtirilsa, yil yakunigacha foydalanishga topshiriladigan majmuada 40 kishini ish bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.


Haftaning har chorshanbasi “Investorlar kuni” munosabati bilan viloyat hokimligida yuqoridagi kabi 14 ta loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov boshchiligidagi mutasaddilar, tijorat banklari, qurilish, yer resurslari va kadastr xizmati boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlarining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Har bir muhokama qilingan manzilli loyiha yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bergan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ularni har jihatdan puxta, hayotiy va optimal ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi. Xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan nodavlat xususiy ta'lim muassasasi qurish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun plastmass quvur va profillar ishlab chiqarish, joylarda chorvachilikni rivojlantirish va shu orqali sutni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, ip yigiruv va to‘qimachilik korxonasini ochish kabi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularning yer-joy, kredit va boshqa ta'minot muammolariga yechim izlandi.

Umuman, taqdimotda umumiy qiymati 75 milliard 440 million so‘mlik 14 ta loyiha himoya qilingan bo‘lsa, bundan 28,5 milliard so‘m mablag‘ tadbirkorlar ulushi va 9 million 600 ming AQSH dollari tijorat banklari tomonidan ajratiladigan sarmoyadir. Mazkur loyihalarni amalga oshirish hududlar infratuzilmasini yaxshilash barobarida joylarda 300 dan oshiq ish o‘rni yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash