Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-MAY HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 335
2 / 17
Guruch - 7 997
3 / 17
Kartoshka - 4 974
4 / 17
Karam - 1 919
5 / 17
Pomidor - 10 102
6 / 17
Bodring - 7 570
7 / 17
Sabzi - 1 544
8 / 17
No‘shpiyoz - 2 866
9 / 17
Olma - 12 250
10 / 17
Mol go‘shti - 47 725
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 44 758
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 071
13 / 17
Turli baliqlar - 22 434
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 430
15 / 17
Sariyog‘ - 50 342
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 701
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 788

Yig‘ilishda viloyat hokimliklari va boshqa rahbarlar yoshlar siyosati masalasiga e'tiborni yanada oshirishi zarurligi qayd etilib, jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga zarur sharoit yaratish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish zarurligi uqtirildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashinig navbatdagi to‘rtinchi sessiyasi ana shu dolzarb masala muhokamasiga bag‘ishlandi.


Viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlari deputatlari, respublika Oliy Majlisi Senatiga viloyatdan saylangan vakillar, shahar va tumanlar hokimlari va ular o‘rinbosarlari, viloyatning mutasaddi tashkilot va idoralari, siyosiy partiyalar viloyat kengashlari, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy xborot vositalari xodimlari ishtirok etgan sessiya videokonferensaloqa shaklida tashkil qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev so‘zga chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va bu yo‘nalishda tasdiqlangan Dasturlar va Yo‘l xaritalari ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar, xususan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar va topshiriqlar ijrosiga to‘xtaldi.

Jumladan,  Buxoro viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faoliyatni yanada takomillashtirishda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi barkamol avlod dunyoqarashini shakllantirish, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashga qaratilgan samarali tizim joriy etish, yoshlarda mehnatsevarlik, ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarishga e'tiborni kuchaytirish lozimligi uqtirildi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat ikkinchi sektori rahbari, viloyat prokurori Dilshod Fayziyev, uchinchi sektori rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Aliyev hamda to‘rtinchi sektori rahbari, davlat soliq boshqarmasi rahbari Sherzod Ashurovning hisobotlari eshitildi.

Ta'kidlanganidek, viloyatimizda yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar qatlami bandligini ta'minlash, yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirish hamda beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, yosh xotin-qizlarni hayotga tayyorlash maqsadida ularni qiziqishlaridan kelib chiqib, qayta kasb-hunarga o‘qitish ishlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘zaro samarali hamkorligini tizimli ravishda tashkil etish ishlariga kirishilgan.

Birgina shu yilning yanvar - fevral oylari davomida viloyat sektor rahbarlari tomonidan joylarda 101 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda 11288 nafar uyushmagan yosh, 17090 nafar talaba va o‘quvchi ishtirok etgan. Yoshlar tomonidan sektor rahbarlariga 1225 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularda turli mazmundagi 1303 ta masala ko‘tarilgan va ularning 374 tasi joyida ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 563 tasi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan hamda 366 tasi bo‘yicha mas'ullar tomonidan tushuntirish va tavsiyalar berilgan. Ishchi guruhlar tomonidan viloyatda 19 538 nafar ishsiz, doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan va 2020 yilda ularning 13 mingdan ortig‘ini yoki 68,5 foizi bandligini ta'minlash belgilangan.

Xususan, qurilish otryadlariga 2 115 nafar, ishlab chiqarish, (jumladan, qandolatchilik, oziq-ovqat, qurilish mahsulotlari) yo‘nalishida 1 316 nafar, xizmat ko‘rsatish (avtomobil, kompyuter va texnikalarga xizmat ko‘rsatish, go‘zallik saloni, sartaroshlik) 1 332 nafar, kasanachilik (tikuvchilik, to‘quvchilik) 78 nafar, hunarmandchilik yo‘nalishida 501 nafar, paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishida 995 nafar, bog‘dorchilik (makkajo‘xori, sholichilik va boshqa dukkakli o‘simliklar) yo‘nalishida 307 nafar, chorvachilik (qoramol, qo‘ychilik, tuyachilik, yilqichilik) yo‘nalishida 568 nafar, baliqchilik yo‘nalishida 223 nafar, asalarichilikda 154 nafar, pillachilikda 741 nafar, tomorqa xo‘jaligi, jumladan, issiqxonalar tashkil etishda 675 nafar, "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi doirasida 438 nafar, bandlik jamg‘armasi orqali haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali 502 nafar, "Yoshlar - kelajagimiz!" Davlat dasturi doirasida 577 nafar, "Har bir oila - tadbirkor" Davlat dasturi doirasida 902 nafar, bo‘sh ish o‘rinlari orqali o‘tkaziladigan “Mehnat yarmarkalari” doirasida 962 nafar hamda boshqa yo‘nalishlar doirasida 988 nafar yoshning bandligi ta'minlanishi belgilangan

Aynan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida viloyatda monitoring olib borgan respublika ishchi guruhi a'zolari, chunonchi, “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘lim boshlig‘i Sobirjon Po‘latov, respublika Uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muhiddin Kanayev, respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas'ul xodimi Bahrom Rustamovlar o‘z yo‘nalishlarida viloyatdagi korxonalarda yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumot berdilar.

Sessiyada ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya'ni viloyat hokimining shu yil 3 fevraldagi, Xalq deputatlari viloyat Kengashining shu yil 5 fevraldagi qaroriga muvofiq viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning ilm-fan va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, ularning ilmiy-innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga e'tiborni yanada kuchaytirish maqsadida joriy etilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Jamol Nosirov so‘zga chiqib, viloyatimizda ilk bor tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlov, ya'ni viloyat hokimi stipendiyasi hududdagi universitet va institutlarning bakalavriat ta'lim yo‘nalishi oxirgi kurslarida  a'lo baholarda o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilishini ta'kidladi. Ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi va ularda viloyatdagi to‘rtta Oliy ta'lim dargohining 13 nafar iqtidor egalari saralab olingan. Ular har oyda 1 million so‘m miqdoridagi stipendiya bilan rag‘batlantiriladi.

Shundan so‘ng muvaffaqiyat qozongan talabalar sharaflandi. Ularga sertifikat, statuetka va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ishtirok etdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash