Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: 65 223 79 29

2021- YIL 1- APREL HOLATIDA DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4833
2 / 17
Guruch - 8593
3 / 17
Kartoshka - 3856
4 / 17
Karam - 1931
5 / 17
Pomidor -12072
6 / 17
Bodring - 12782
7 / 17
Sabzi - 1970
8 / 17
No‘shpiyoz - 1896
9 / 17
Olma - 10059
10 / 17
Mol go‘shti - 56749
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 53341
12 / 17
Tovuq go‘shti - 20530
13 / 17
Turli baliqlar - 22598
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3907
15 / 17
Sariyog‘ - 51208
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 9869
17 / 17
Tandir non (dona) - 2866

Buxoro shahar hokimligida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan yosh mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha taqdimot tashkil etildi.

Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari, shahar va tumanlar studiyalaridan yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Taqdimotda davlat rahbarining tashabbusi bilan 2018 yil 25 sentyabrda tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi oldiga millatning intellektual qatlamini tayyorlash, xorijda istiqomat qilayotgan, zamonaviy bilim, malaka va ilg‘or ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan muntazam muloqot o‘rnatish talabi qo‘yilgani, bu borada samarali ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yosh kadrlarga ilg‘or xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarida magistratura va doktoranturada o‘qitish, dunyoning yetakchi stajirovka o‘tash va malaka oshirish ta’lim dasturlari bo‘yicha stipendiyalar e’lon qilib kelmoqda. Jamg‘arma tomonidan ochiq stipendiya tanlovlari orqali 2018 yilda 375 nafar, 2019 yilda 605 nafar iqtidorli va istiqbolli mutaxassislar AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa 20 dan ortiq yetakchi davlatlarda ta’lim olishgani ham aytib o‘tildi. Stipendiyalar 5 ta tanlov o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha ajratiladigan bo‘ldi.

Ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari kesimida, o‘tgan yillardan farqli ravishda 4 ta ta’lim dasturi bo‘yicha: doktorantura, magistratura, stajirovka va malaka oshirish yo‘nalishlarida ham stipendiyalar ajratiladigan bo‘ldi. Mazkur qarorga binoan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalar tanlovlarni tashkil etish mexanizmi va uning muddatlari ishlab chiqilgan. Unda vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ehtiyojlarini o‘rganishdan boshlab toki stipendiatlarga sertifikatlar topshirish jarayoni aniq belgilangan.

Taqdimot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini berdi.

Taqdimot yakunida 2019 yilda jamg‘arma stipendiyasini qo‘lga kiritib, o‘sha yil sentyabr-dekabr oylarida Italiyada amaliyot o‘tab, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan Buxoro davlat universitetining Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi mudiri Ziyodulla Nurovga diplom topshirildi.

Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA

“Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borki, Kaʼba vayron o‘lsa, obod aylagay !”

Buyuk mutafakkir, so‘z mulkinig sultoni, hazrat Alisher Navoiy qalamiga mansub bu hikmat bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan, taʼbir joiz bo‘lsa, hayot haqiqatidir. Bu tamoyilga amal qilingani holda kuni kecha Shofirkon tumanida ham moddiy-maʼnaviy madadga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.

Xalqimizga xos insonparvarlikning yorqin namunasi sifatida “Mahalla” xayriya jamoat fondi, qolaversa, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati hisobidan pandemiya hukm surayotgan sinovli kunlarda og‘ir sharoitga tushib qolgan yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam taʼminlangan jami 140 ta xonadonga 8 turdagi oziq-ovqat mahsuloti eltib berildi.

— Bu o‘rinda gap berilgan mahsulotda emas, muhtoj odamga ko‘rsatilgan mehr-muruvvatdadir, – deydi “Jo‘ynav” MFY da yashovchi Bibirajab Oripova. — Bu g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Barcha yaxshi odamlarga rahmat!

Shuningdek, qishki mavsumda havo haroratinig keskin tushgani, aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuman hokimligi saʼy-harakati bilan “Avtomobil yo‘llaridan foydalanish” davlat unitar korxonasida ko‘mir bazasi tashkil qilindi. Ana shu yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, birinchi sektorga qarashli hudud — “Talisafed”, “Iskogare”, “Jo‘ynav” MFY lar arzonlashtirilgan narxdagi ko‘mir yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bunda ko‘mirning har kilogrami 300 so‘m qilib belgilangani mahalliy aholi uchun ayni muddaodir. Shu kuni sotuvga chiqarilgan zarur yoqilg‘ining 14 tonnasi aholi xonadonlariga kiritilgani fikrimiz dalili.

Faqat shugina emas. Sharof Rashidov MFY da istiqomat qiluvchi Xursandoy Murodovani ham kunlarning keskin sovib ketgani tashvishga solib qo‘ygandi. Oila boquvchisining vafotidan keyin uy-ro‘zg‘or, bola-chaqa tashvishi o‘zining yelkasida qolgan X.Murodova ikki norasida farzandini qishning qahratonidan eson-omon o‘tib olishi kerak. G‘amlab qo‘ygan o‘tini esa bu ahvolda ko‘pga bormasligini o‘ylab, tashvishga tushardi. Nihoyat, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalar qatorida boquvchisidan ayrilgan mazkur xonadonga ham “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi.

— Bu g‘amxo‘rlik qishning izg‘irinida uyimizga quyosh haroratini olib kirgandek bo‘ldi, – deydi muruvvatdan minnatdor oila bekasi H. Murodova.

Muhimi, shu kuni “Temir daftar”ga kiritilgan va tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan oilalardan 348 tasiga qish ayozi, sovuq mavsumdan eson-omon o‘tib olishlari uchun 200 kilogramdan ko‘mir yoqilg‘isi beminnat tarqatildi. Umuman, shu kunga qadar tumandagi ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida yetkazib berilgan ko‘mir xom ashyosi miqdori 67 tonnaga yetgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 20-noyabr kuni viloyat hokimligida fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Rossiya Federatsiyaning Kaliningrad shahridagi oziq–ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish va yengil sanoat korxonalari ish beruvchilari bilan videokonferensiya shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqotda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda viloyatda fuqarolarning malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlari, maxsus kurslar va monomarkazlar tashkil etilayotganligi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.

chrashuvda Kaliningrad shahri “ИП Григорян” korxonasi rahbari Musheg Grigoryan, “Международный центр труда” tashkiloti rahbari Yevgeniy Malaxovlar baliqni qayta ishlash, tovuqchilik, tikuvchilik korxonalarida va boshqa ko‘plab sohalarda ishchi kuchi yetishmayotgani va ularga bo‘lgan talab yuqoriligi haqida so‘z yuritib, Buxoro viloyatidan mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘qitib, ishga jalb etish, mehnat migrantlarga qonunda belgilangan tartibda barcha shart-sharoitlarni yaratib berish, barcha migratsiya xujjatlarini korxonalar tomonidan rasmiylashtirish sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirishdi.

Shuningdek, pandemiya sharoitida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jo‘natish va ushbu mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolarimizning mehnat va boshqa huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Ish beruvchilarning imkoniyatlari, mehnat migrantlariga yaratib beriladigan sharoitlar, ularga qo‘yiladigan talablar va ish haqi miqdori kabi masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu kuni viloyat rahbari hozirgi kunda Kaliningrad shahrida mehnat qilayotgan buxorolik vatandoshlarimiz bilan suhbat qildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining farmon va qarorlariga binoan, 2020-yildan boshlab qishloq xo‘jaligiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, to‘liq raqamlashtirish, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirish maqsadida paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilish hamda bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish belgilab berilgan edi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 28-yanvarda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Bu borada Buxoro ham sohada innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga katta eʼtibor qaratmoqda. Olib borilayotgan izlanishlar, turli darajadagi hamkorliklar negizida tarmoqda tub burilishlar ro‘y berishi kutilyapti.

Bugun, 15-noyabr kuni Buxoro shahar davlat xizmatlari markazida “Buxoro Agroklaster” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan ana shunday zamonaviy texnologik dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat rahbari Azamat Sultonov elektron tizimning afzalliklarini aniq misolar asosida tushuntirib berdi.

Taʼkidlanishicha, avvalo, sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari va texnik vositalari yordamida raqamlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 Qishloq xo‘jaligi yerlari va ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor hamda aniq baholashda ham sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlaridan foydalanish, masofadan zondlash texnologiyalari tajribadan o‘tkaziladi. Bu bilan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini aniqlash va maydonlarni baholashga erishiladi. Sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlari “aniq dehqonchilikni yuritish” bo‘yicha axborot-tahliliy bazani shakllantirishga xizmat qiladi va mobil ilovadan foydalanish imkoniyati yaratiladi.


Qisqasi, “aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari yuqori hosildorlik va sifatga erishish, suv sarfi hamda mahsulot tannarxini kamaytirish, hosilni rejalashtirish va prognozlash kabi yo‘nalishlarda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, smart-texnologiyalar joriy etilishi yosh avlod vakillarida bu tarmoqqa qiziqish uyg‘otadi. Bu esa sohada yangi ish o‘rinlari ko‘payishiga yo‘l ochadi.

Taqdimotda bevosita ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov raqamli qishloq xo‘jaligini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni chuqur muhokama qildi. Bu borada masʼullarga muhim topshiriqlar berdi. Eng avvalo, qishloq xo‘jaligida yangi kasb egalari — dasturchi, muhandis, IT-mutaxassislar tayyorlash zarurligini taʼkidladi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati 

Viloyat hokimligi katta yig‘ingohida viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov boshqarib borgan yig‘ilishda ana shu masala muhokama qilindi. Videoselektor tartibida tashkil qilingan yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hudud sektorlari rahbarlari, tegishli tashkilot va tijorat banklari mutasaddilari, shahar-tumanlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, taʼminotchi hamda tayyorlov korxonalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada viloyatimizda qish va bahor mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholining eng ko‘p talab qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida joylarda asosiy mahsulotlar zahirasini yaratishning ayni kundagi ahvoli o‘rganildi. Bu borada viloyat hokimi Farhod Umarov mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yil 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilar zimmasiga yuklatilgan talablarni yana bir bor taʼkidlagani holda masʼul idoralar, mahalliy hokimliklardan ayni kunda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qildi.

Hech kimga sir emaski, og‘ir pandemiya sharoitida o‘tayotgan joriy yilda xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ayniqsa, un, go‘sht, o‘simlik yog‘i, guruch, tuxum, kartoshka, piyoz va boshqa mahsulotlarni yetarli darajada jamg‘arish har qachongidan muhimroq va bu jarayonda albatta, narx-navoning sunʼiy oshirilishiga qarshi zarur choralarni ko‘rish taqozo etiladi.

Muhokama qilingan mavzu yuzasidan keltirilgan maʼlumotlarga nazar solsak, ayni paytda qariyb 2 million nafarga yetgan viloyatimiz aholisining kundalik talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 2020-2021 yilgi qish va bahor mavsumi uchun 51 ming tonna kartoshka, 8 ming tonna piyoz, 18,6 ming tonna sabzi, 9,3 ming tonna guruch, 10 ming tonna shakar, 9,3 ming tonna o‘simlik yog‘i, 27,9 ming tonna qoramol va qo‘y go‘shti, 14 ming tonna parranda go‘shti, 7 ming tonna baliq, shuningdek, 201 million 330 ming dona tuxum, 74,9 ming tonna un zahira qilish ko‘zda tutilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratishda aholi soni bilan bir qatorda chet elga qatnab ishlayotgan mehnat migrantlari, hududda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, ayniqsa, mahallalar “Temir daftari”ga kiritilgan fuqarolar manfaatlari va turmush sharoitidan kelib chiqish zarurligi, shu boisdan mahalla va qishloqlarda arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini muntazam tashkillashtirish, nochor va pandemiya sharoitida og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalar holidan xabar olish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi va ular taʼminoti bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag‘i bilan qo‘llab-quvvatlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, qolaversa, uning tasarrufidagi qator tijorat banklari mutasaddilaridan izoh talab qilindi.

Yig‘ilishda shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan markaziy dehqon bozorlarida, qolaversa, yirik savdo majmualarida mahsulotlarni yetarli darajada jamg‘arish va aholiga real narxlarda sotilishini taʼminlash borasida muntazam o‘rganishlar olib borish talabi qo‘yildi. Muhokama qilingan masala yuzasidan viloyat prokurori, ikkinchi sektor rahbari Dilshod Fayziyevning hisoboti eshitildi.  

Muhokamada har bir shahar va tuman hokimi o‘z hududida amalga oshirilayotgan ishlar va oziq-ovqat zahirasini tayyorlash borasida duch kelinayotgan muammolar xususida axborot berdi. Bunga javoban viloyat hokimi tomonidan mavjud muammolarni tez kunda bartaraf etish va aholi ehtiyoji bilan bog‘liq ustuvor vazifani to‘la-to‘kis hal qilish talabi qo‘yildi. Shuningdek, bozor, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi majmualar egalari, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

RASMIY STATISTIKA

E'LON QILISH TAQVIMI METAMA'LUMOTLAR Makroiqtisodiy tahlillar MILLIY HISOBLAR
NARX VA INDEKSLAR INVESTITSIYALAR QURILISH Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi
ICHKI SAVDO SANOAT QISHLOQ XO‘JALIGI EKOLOGIYA
XIZMATLAR DEMOGRAFIYA MEHNAT BOZORI AHOLI TURMUSH DARAJASI
IJTIMOIY SOHA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK KORXONA VA TASHKILOTLAR DEMOGRAFIYASI HUQUQBUZARLIK HUQUQBUZARLIK
ATROF-MUHIT BOSHQA MAKROIQTISODIY VA MOLIYAVIY STATISTIKA K-MTUT (XVJ) XALQARO STATISTIKA
TARQATILISHI CHEKLANGAN MA`LUMOTLAR      
Tugmani bosing Tinglash