Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

2019-yil 30-sentabrdan 2-oktabrgacha Shveytsariyaning Jeneva shahrida  Korxonalar registrini yuritish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Yig‘ilishda Davlat statistika qo‘mitasining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev ishtirok etdi.

Tadbir Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari statistika idoralari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi. Ekspertlar guruhi yig‘ilishida 50 dan ortiq davlatdan statistika idoralari vakillari hamda BMTning Statistika bo‘limi va Yevropa Iqtisodiy komissiyasi, Yevrostat, MDHning Statistika qo‘mitasi ekspertlari, Italiya milliy instituti vakillari hamda boshqa taklif etilgan ekspertlar ishtirok etdi.

Ekspertlar guruhi yig‘ilishida korxonalar registrini yuritishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish, korxonalar registrini yuritish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash, korxonalar registrini yuritishda Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi va bu borada qator davlatlar tajribalari o‘rganib chiqildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash