Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 25-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni tartibga solish masalasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, falsafa fanlari doktori Bekdavlat Aliyev taklif etildi.

Uchrashuvda B.Aliyev so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an'analarini o‘zida aks ettirgan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanayotganini alohida ta'kidladi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, o‘rganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita o‘tkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlariga katta mablag‘ sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va qarzni uzish uchun chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.

Ba'zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tanqididan, umuman olganda, jamoatchilikning bosimidan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Tadbir so‘nggida mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash