Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami 45 954 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 43 122 tasi faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning soni:
Samarqand viloyati – 6756 ta;
Farg‘ona viloyati – 5134 ta;
Surxondaryo viloyati – 4831 ta;
Toshkent viloyati – 3901 ta;
Navoiy viloyati – 3673 ta;
Xorazm viloyati – 3578 ta;
Toshkent shahri – 3258 ta;
Buxoro viloyati – 2867 ta;
Andijon viloyati – 2560 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2306 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 1602 ta;
Jizzaz viloyati – 1357 ta;
Namangan viloyati – 968 ta;
Sirdaryo viloyati – 331 ta.
Axborot xizmati
Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Davlat statistika qo'mitasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida haftaning har shanba kuni sport majmualarida xodimlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazmoqda. Xususan, shu yilning 9-yanvar kuni reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari o'rtasida mini-futbol bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir. Shuningdek, Covid–19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish hamda jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.
Axborot xizmati
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 781 tani tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 399 taga ko‘p.
Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:
Toshkent shahri – 6918 ta;
Toshkent viloyati – 1318 ta;
Samarqand viloyati – 580 ta;
Farg‘ona viloyati – 455 ta;
Surxondaryo viloyati – 425 ta;
Andijon viloyati – 339 ta;
Buxoro viloyati – 298 ta;
Namangan viloyati – 260 ta;
Navoiy viloyati – 238 ta;
Qashqadaryo viloyati – 220 ta;
Jizzax viloyati – 202 ta;
Sirdaryo viloyati – 189 ta;
Xorazm viloyati – 175 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 164 ta.
Axborot xizmati
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 781 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5672 ta va xorijiy korxonalar 6109 tani tashkil etmoqda.
2021- yilning 1- yanvar holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Sanoat – 3943 ta;
Savdo – 3113 ta;
Qurilish – 955 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 673 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 498 ta;
Tashish va saqlash – 316 ta;
Axborot va aloqa – 315 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 169 ta.
Axborot xizmati
Joriy yilning 6- yanvardan 12- fevralgacha Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun statistika instituti tomonidan “Iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarini tuzish va hisoblash” mavzusida onlayn o‘quv kursi o'tkaziladi.
Ushbu o‘quv kursda iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarni tuzish bilan bog'liq masalalar haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari mazkur kurslar iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlari va siyosati, atmosferaga chiqarilayotgan chidindilar hisobi hamda ma'lumotlar manbalari kabi mavzularni ham qamrab oladi. O‘quv kurslari doirasida vebinarlar, mavzular yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'i o'rinbosari Abdujalil Qodirov, Qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlar bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi bosh mutaxassisi Azima G'afurova, Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi bosh mutaxassisi Nigora Dehqonova, shuningdek, Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblari bo’lim boshlig’i Elyor Babaxanov onlayn tarzda ishtirok etishmoqda.
O‘quv kurslari yakunida, kurs davomida taqdim etiladigan va muhokama qilinadigan iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarini tuzishdan manfaatdor mamlakatlarga amaliy yordam ko'rsatish ko’zda tutilgan.
Axborot xizmati