Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




Romitan tumani madaniyat va istirohat bog‘ida “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi

Romitan tumani madaniyat va istirohat bog‘ida “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash borasida doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida viloyatda urush va mehnat fronti faxriylariga keng qulayliklar yaratilmoqda. Romitan tumanida barpo etilgan “Nuroniylar maskani” ham ana shu e’tibor namunasidir. 

Boy kitob fondiga ega kutubxona, shaxmat-shashka, tibbiyot, dam olish xonalari, keksalar uchun mo‘ljallangan maxsus trenajyor zali va choyxonadan iborat mazkur majmua mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. 

– Barcha qulayliklar yaratilgan bunday maskanni orzu qilardik, – deydi 78 yoshli otaxon Baxshulla Muhammedov. – Biz, keksalar bu yerda suhbat quramiz, dam olamiz, madaniy hordiq chiqaramiz. Turli madaniy tadbirlarga jamoatchilik vakillari, yoshlarni ham chorlaymiz. Tajribamizni ular bilan baham ko‘ramiz.

7 (1).jpg

“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi ham shu yerda faoliyat ko‘rsatadi. 

Shu kuni G‘ijduvon tumani madaniyat va istirohat bog‘ida ham “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi. 

Tadbirlarda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi. 

Uza

eStat 2.0.1.0
(27.06.2017)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
Noyabr 2017
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1827550
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.