Bukvus
fbg_bg_bottom

Qadim Buxoroga sayohat

Kontaktlar

Ishonch telefonlari
Markaziy apparat :
0 (371) 230-83-09
+ 998(65) 223-81-58
Email:
info@buxstat.uz
buxstat@exat.uz
buxstat@umail.uz

Axborot xizmati
+ 998(65) 223-82-78
Email: info@buxstat.uz

Elektron hisobot bo'yicha
+ 998(65) 223-82-78
+ 998(65) 223-81-96
+ 998(65) 223-83-37

Texnik qo`llab-quvvatlash
Email: info@buxstat.uz




O‘g‘lim ishonchimizni oqlamoqda

O‘g‘lim ishonchimizni oqlamoqda

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Askar onalarini sharaflaymiz!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz mustaqilligini asrash, yurtimiz tinchligi, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashning ishonchli qalqoniga aylangan Qurolli Kuchlarimiz salohiyati yuksalib, u yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik maktabi vazifasini o‘tayotgani ta’kidlandi. 

Bugungi kunda ko‘plab tengdoshlari qatori buxorolik yoshlar ham milliy armiyamiz saflarida muddatli harbiy xizmatni o‘tamoqda. Tadbirda mamlakatimizning turli mintaqalaridagi harbiy qismlarda Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tayotgan buxorolik askar yigitlarning onalaridan 30 nafari bayram dasturxoniga taklif etildi.

Ularning aksariyati uchun farzandlari bilan uchrashuv kutilmagan va unutilmas voqea bo‘ldi. Diydorlashuv va sog‘inch quvonchlari... 

2.JPG

– Bolaginam, ulg‘ayib, o‘zgarib qolibsan, – deydi Zilola Muhamedova farzandini bag‘riga bosarkan. – Hammamiz seni sog‘inganmiz. Kelishingni bilganimda, uydagilarni ham olib kelardim. Sog‘lig‘ing yaxshimi? Ishonchimizni oqlayotganingdan xursandmiz. 

O‘zini Abdurahmonxo‘ja Malikov deb tanishtirgan bu askar yigit bilan biz ham suhbatlashdik. 

6.JPG

– Xizmat yaxshi o‘tmoqda, – deydi u. – Biz, askarlarga harbiy kasbga xos mashg‘ulotlarni bajarishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. Rejaga kelsak, harbiy oliy o‘quv yurtiga kirmoqchiman. Qarorimni ota-onam ham qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Tadbirga taklif etilgan, ammo farzandlari uchrashuvga kelolmagan onalarning ham ko‘ngli olindi. Ularga farzandlarining dil so‘zlari bitilgan maktublari va gullar taqdim etilgani quvonch bag‘ishladi. 

Askarlar onalariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi. Vatanparvarlik, yoshlik, ezgulik tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

UzA

eStat 2.0.1.1
(03.01.2018)

Yangiliklar taqvimi

Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
1
2
3
4
5
6
7
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 
Yanvar 2018
 

Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1827904
  • Foydalanuvchilar: 3

Yangiliklarga obuna bo'lish

Onlayn so'rovlar

Davlat xizmatlarini qanday ko'rinishda qabul qilishni hohlaysiz ?
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.